Toshkent shahrida 89 kv metrli uyni 480 mln so‘mga sotishga kelishib, evaziga soxta shartnoma taqdim etib, 10 000 AQSh dollari va 130 mln so‘mni olgan shaxs ushlandi. Unga nisbatan jinoiy ish ochildi, tergov harakatlari boshlandi.
Chirchiq shahrida hujjatlari soxtalashtirilgan obyektni garovga qo‘yib, bankdan 4 mlrd so‘m kredit olgan tadbirkor aniqlandi. U barcha mablag‘larni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. Tadbirkorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura va DXX Namanganda fuqarolarni Rossiyaga soxta hujjatlar bilan jo‘natishga uringan shaxslarni qo‘lga oldi. Ular karantin davrida Federatsiyaga kirish taqiqlanganidan foydalanib, ikki kishini davolanish uchun hujjatlarni soxtalashtirib, yubormoqchi bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting